Ta’lim sohasining turli bo‘gʻinlarida tajribaga ega bo‘lgan xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari tayinlandi

15 Iyun 2021
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Vaxobjon Turajanovich Rajapov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar Vaxobjon Rajapov Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlab kelgan. 

Shu bilan birga Vaxobjon Rajapov Namangan viloyati xalq ta’limi tizimida turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Tashxis markazi rahbari, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Uning Namangan viloyati boshqarma boshlig‘i lavozimidagi faoliyati davrida viloyat maktablari bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha hududlar orasida 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

1971 yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tavallud topgan Vaxobjon Rajapov Namangan davlat universitetida tarix-huquq fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. 

Vaxobjon Rajapov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

info@maktab.uz
@329_maktab
@329maktab
/329_maktab